
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida tashkil etilgan. Sport vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan: sport sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, ushbu yo‘nalishda ishtirok etuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek soha qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish; sohada kompleks dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek notijorat nodavlat tashkilotlari va sport sohasidagi boshqa fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash; sportni ommalashtirish va aholini sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish, sport ta’limi tizimini takomillashtirish, sport turlari bo‘yicha yuqori samarali sportchilar zaxirasini yaratish; Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish, sportchilarning nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash; sport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, sohada bosqichma-bosqich raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish; sport sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, xalqaro bitimlarni tayyorlash, tuzish va amalga oshirish bo‘yicha takliflar kiritish; texnik jihatdan tartibga solish sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil etish.
Kontaktlar
- Manzil
- Toshkent, Yunusobod tumani, улица Абдуллы Кадыри, 2
- Mo‘ljal
- Банк Ипак Йули
- Metro
- Abdulla Qodiriy
- Telefon
- +998 71 239-24-52
Xaritada
Bu sizning tashkilotingizmi? Egalik arizasini topshirish uchun tizimga kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.
