Sog‘lom tanda — sog‘lom ruh.
(Detsim Yuniy Yuvenal)
KartaSporta.uz saytiga xush kelibsiz — bu Toshkent shahridagi sport tashkilotlari va bolalar-o‘smirlar sport maktablari haqida batafsil ma’lumot beruvchi internet-resurs.
Saytimizda siz qaysi sport tashkilotida va qanday sport turi bilan o‘zingiz shug‘ullanishingiz yoki farzandingizni shug‘ullantirishingiz mumkinligi haqida to‘liq va xilma-xil ma’lumot olasiz.
KartaSporta.uz saytida sodir bo‘layotgan barcha qiziqarli voqealar haqida xabardor bo‘lish uchun Facebook’dagi guruhimizga qo‘shiling: http://www.facebook.com/kartasporta.uz
Agar o‘zingiz uchun ma’lum bir sport turini tanlamoqchi bo‘lsangiz-u, aynan nima bilan shug‘ullanishni istashingizga shubha qilsangiz, maqolalarimiz sizga ma’lum bir sport turining afzalliklarini aytib berishi mumkin, manzilli katalog esa uyingiz yoki ish joyingizga yaqin sport zalini tanlashga yordam beradi.
Qaerda shug‘ullanganingiz yoki shug‘ullanayotganingiz va qanday sport natijalariga erishganingiz haqida izoh qoldirsangiz, xursand bo‘lamiz. Buning uchun qidiruv orqali sport tashkilotini toping va izoh formasini to‘ldiring.
Murabbiylar va umuman mashg‘ulot jarayoni haqidagi taassurotlaringiz bilan bo‘lishing. Ijobiy yoki salbiy bo‘lishidan qat’i nazar, bu ma’lumot hozirda o‘ziga sport bilan shug‘ullanish uchun joy izlayotganlarga foydali bo‘ladi.
Tajribangiz bilan bo‘lishing, saytning boshqa foydalanuvchilari sizga juda minnatdor bo‘lishadi.
Agar shug‘ullangan yoki shug‘ullanayotgan sport tashkilotingizni topmagan bo‘lsangiz — bizga yozing, va biz eng qisqa muddatda u haqidagi ma’lumotni saytga joylashtiramiz.
Ishonchimiz komilki, saytimizda ushbu barcha ma’lumotni olgach, siz to‘g‘ri tanlov qila olasiz va sport bilan shug‘ullanishga zavq bilan qo‘shilasiz.