Yoshlar ishlari agentligi direktori O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga rahbarlik qildi

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi etib tayinlandi. Bundan oldin 2021 yil yanvaridan Federatsiya raisi lavozimida Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ishlagan edi. Alisher Sa’dullayev 2017 yil iyul oyida Xalq ta’limi vazirligi jamoasiga qo‘shilib, mamlakatdagi eng yosh vazir o‘rinbosari bo‘ldi. 2018 yilda Alisher Sa’dullayev Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishladi. 2019 yil sentyabr oyida Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi etib saylandi. 2020 yil iyul oyidan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori bo‘lib ishlaydi.


Posted

in

by

Comments

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *