Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlikni to‘xtatib turdi

USM xoldingi asoschisi, rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov «adolat tiklangunga qadar» Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti sifatidagi vazifalarini bajarishni to‘xtatib turdi. Bu haqda federatsiya saytidagi bayonotda aytilgan. 28 fevral kuni Yevropa Ittifoqi Rossiya Ukrainada olib borayotgan harbiy operatsiyasi munosabati bilan Alisher Usmonov va boshqa eng boy rossiyaliklar hamda rossiya kompaniyalari rahbarlariga qarshi sanksiyalar joriy qildi. «Bunday qarorni adolatsiz deb hisoblayman, sanksiyalarni oqlash uchun keltirilgan sabablar esa mening sha’nim, qadr-qimmatim va ishbilarmonlik obro‘imni yerga uradigan yolg‘on va tuhmat ayblovlar to‘plamidan iborat. Men o‘z sha’nim va obro‘imni himoya qilish uchun barcha qonuniy vositalardan foydalanaman», — deyilgan Alisher Usmonovning bayonotida.


Posted

in

by

Comments

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *